Yangiliklar
HAMKORLIKDA TADBIR
30-aprel 2024-yil
Bugun Rishton tumanida “Xalq davlat tashkilotlariga emas, balki davlat tashkilotlari xalq uchun” tamoyili asosida sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.
Joylarda olib borilayotgan islohotlar va ularga keng jamoatchilikning munosabatini bilish hamda fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish va yechimini topmayotgan muammolarni joyida hal qilish maqsadida tashkillangan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning “Sayyor qabuli” boshlandi.
Bugungi tadbirda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov ham qatnashmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.