Yangiliklar
QUVADA “SAYYOR QABUL” O‘TKAZILDI
26-iyun 2024-yil
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o‘rganish, kelayotgan shikoyatlar sonini kamaytirish hamda “Inson qadri” tamoyillari asosida bugun Quva tumanidagi Xorijiy tillarni va aniq fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimovning sayyor qabuli tashkillandi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Madiyor Turimov ham qatnashdi.
Sayyor qabul davomida 28 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishib, shundan 23 nafar fuqarolarning murojaati eshitildi, shundan 11 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 10 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi va 2 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra rad etildi.
Murojaatlarning asosiy qismi ta’lim muassasiga bino, sport zali qurish, jihozlash, qurilish-ta’mirlash hamda ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalarida bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.