Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

FARG‘ONA VILOYATI TA’LIM SOHASI DELEGATSIYASI YAPONIYAGA BORADI

25-iyun 2024-yil
image

Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi joriy o‘quv yilidan e’tiboran sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi o‘rganilayotgan maktablarning o‘qituvchilari, direktorlaridan iborat Farg’ona ta’lim sohasi delegatsiyasi viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov boshchiligida joriy yil 27-iyundan 5-iyulgacha Yaponiyada bo‘ladi.

Delegatsiya tarkibidan viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Shohidbek Aslonov ham o‘rin olgan.

Belgilangan rejaga asosan viloyatimiz ta’lim sohasi vakillari Tokio shahri va shahar atrofidagi ma’muriy tumanlarda joylashgan maktablarda ta’lim jarayonini shakllantirish bilan bog’liq jarayonlar hamda shart-sharoitlar bilan tanishadilar, yaponiyalik hamkasblari bilan metodik tajriba almashadilar.

Shuningdek, Soka Yapon universitetining Pedagogika fakultetida ham bo‘lib, Yaponiya ta’lim metodikasining o‘ziga xos nazariy jihatlari bilan ham tanishadilar. 

Delegatsiyamiz vakillari kunchiqar mamlakatda hududiy ta’lim boshqarmalarida ham uchrashuvlar o‘tkazishni ko‘zda tutishgan.

Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlarni va tajribalarni tatbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi mavjud IT, robotexnika, aniq fanlar sohalarida yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish hamda amaliyotga kiritishdan iborat.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb