Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

So‘x tumanida eng faol maktab bitiruvchilariga “oltin” va “kumush” medallar topshirildi

24-iyun 2024-yil
image

Bugun tuman madaniyat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarni “oltin” va “kumush” medallar bilan bitirgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, maktab direktorlari va bitiruvchilarnig ota-onalari ishtirok etdilar.

Barcha bitiruvchilarni tabriklab, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev “oltin” va “kumush” medallar bilan bitirgan talabalarning ota-onalariga loyiq va munosib farzand tarbiyalaganliklari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Joriy yilda tumanidagi 33 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 1 232 nafar o‘quvchilar bitirishmoqda. Bitiruvchilarning 92 nafari maktabni medallar bilan tamomladi.

Tadbirda iqtidorli o‘quvchilarning 83 nafariga “oltin” va 9 nafariga “kumush” medallarni tantanali taqdim etildi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb