Yangiliklar
G‘OLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI VA HURMAT KO‘RSATILDI
24-iyun 2024-yil
Xabaringiz bor, Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida “Aybin–2024” Xalqaro harbiy-vatanparvarlar yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etib, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz, Belarus hamda mezbon davlat Qozog‘istonning 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, yurtimiz sharafini himoya qilgan jamoa tarkibida Toshloq tumanidagi 22-maktab 11-sinf o‘quvchisi Bobomurod Boxodirov va Farg‘ona shahridagi 32-sonli maktab 11-sinf o‘quvchisi Jasmina Roziqjon qizi ham ishtirok etib, rekord natija bilan jamoamizning sovrindorlar qatorida bo‘lishga munosib hissa qo‘shdilar.
Bugun Farg‘ona shahrida viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan tashkillangan tantanali marosimda g‘oliblar o‘qituvchilari, ota-onasi va yaqinlari hamda yoshlar, shuningdek, harbiylar va faxriylar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Tadbirda qatnashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ularni qizg‘in tabrikladi.
Marosimda Bobomurod Bohodirov va Jasmina Roziqjon qizi ota-onalariga alohida hurmat ko‘rsatilib tashkilotchilarning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.