Yangiliklar
Nemis tili fanidan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!
21-iyun 2024-yil 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda hududlarda “Goethe Zertifikat B2” til imtihoni tashkil etilmoqda.
Imtihonlar 5 ta hududda 8-iyul sanasiga qadar boʻlib oʻtadi:
Fargʻona shahrida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridan talabgorlar ustozlar uchun 21-23-iyun kunlari, 
Termiz shahrida 27-28-iyun kunlari, 
Samarqand shahrida 28-30-iyun kunlari;
Buxoro shahrida Qoraqalpog’iston, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlaridan talabgor ustozlar uchun 2-4-iyul kunlari; 
Qarshi shahrida 5-7-iyul kunlari boʻlib oʻtadi.
Darvoqe, bunda oʻqituvchilarimiz “Goethe Zertifikat B2” imtihonini 50% chegirmali narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Sinovlarda barcha ustozlarga omad tilaymiz!
Imtihonlar manzili va vaqti (https://uzedu.uz/uz/news/1648)
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram (https://t.me/uzedu)                   Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU) 
Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx)                 Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/) 
Veb-sayt (https://uzedu.uz/uz)                  Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)