Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi  «Zamonaviy maktab» maqomini olgan maktablarning sertifikatlarini tantanali ravishda topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

24-may 2024-yil
image

Avval xabar berganimizdek, viloyatdagi jami 230 ta maktablar roʻyxati shakllantirilgan bo'lib, shundan 113 ta maktab zamonaviy maktab maqomini olgan.
 
Ulardan 5 ta ta’lim muassasasi, ya'ni Fargʻona tumani 7- va 55-maktablar, Quvasoy shahridagi 5-maktab, Rishton tumanidagi 49-maktab II darajali hamda 108 ta maktablar III darajali  sertifikatlarini qo'lga kiritishgan. 

Tadbirda qatnashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov «Zamonaviy maktab» maqomini olgan g‘oliblarni qizg‘in tabrikladi va maktab rahbarlariga mazkur sertifikatlarini topshirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb