Yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tashakkurnomaси bilan taqdirlandi.
24-may 2024-yil
Sohada vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori tashakkurnomaси bilan taqdirlandi.
Ular qatorida Quva tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Akmaljon To‘lqinboyev ham bor.
Bugun ushbu maktabda tashkillangan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Akmaljon To‘lqinboyevga mazkur tashakkurnoma va esdalik sovg‘ani tantanali topshirdi va unga kelgusidagi faoliyatiga omadlar tiladi.
Imkondan foydalanib, o‘quv yili yakunlanayotgan kunlarda yurtimizdagi yuragi g‘ayrat-shijoatga to‘la, yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifani o‘z zimmalariga olgan ustozlarga amalga oshirilayotgan barcha ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.