Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
22-may 2024-yil
Ijtimoiy tarmoqda “Farg‘onadagi maktabda o‘quvchilarning nomiga sim karta olib, “Open byudjet” uchun ovoz berilgan"i, "maktab ma’muriyati bitiruvchilar, ya’ni 9- va 11-sinf o‘quvchilarining ota-onalaridan beruxsat, o‘zboshimchalik bilan pasportlarini olib, nomlariga sim karta rasmiylashtirib, o‘sha raqamdan “Open byudjet”ga ovoz berdirishgan"i, "sim kartalar esa maktab mas’ullarida saqlangan”i mazmunida tarqatilgan xabar o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida xabardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Shunday bo‘lsa-da, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joriy yilning 21-may kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda mazkur holat tahlil qilindi. Barcha rahbarlar ogohlantirildir.
Yig‘ilish davomida tizimdagi tashkilot va muasassalarda bunday holatlarga umuman yo‘l qo‘ymaslik, turli sabablarni vaj qilib pul yig‘maslik borasida tegishli ko‘rsatmalar berilganini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.