Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

«BESH TASHABBUS – BESH IMKONIYAT!»

15-may 2024-yil
image

Toshloq tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida «Besh tashabbus – besh imkoniyat!» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘kaziltdi.

Unda Respublika ishchi guruhi a’zolari, tumani hokimi, sektor rahbarlari, o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar. 

Tadbir doirasida "Gullar va qushlar" bayrami, 5-11- sinf qizlari o‘rtasida "Balli qizlar" ko‘rik-tanlovi, 9-11-sinf yigitlari o‘rtasida "Osh tayyorlash" ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha beshta muhim tashabbus doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Shundan so‘ng, "Prokuror sovrini" uchun o‘tkazilgan onlayn olimpiadaning viloyat bosqichida faxrli o‘rinni egallagan toshloqlik o‘quvchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Tadbir davomida “Ma’rifat ulashib" shiori ostida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyor va aktrisalar Gulchehra Nosirova, Feruza Sobitova, Ahror Qo‘shmatovlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda maktabda o‘tkazilgan qiziqarli ko‘rik-tanlovlar hamda taniqli san’atkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb