Yangiliklar
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazildi.
23-iyul 2024-yil
Farg‘onada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi bosh mutaxassisi va yuridik boshqarma bosh yuriskonsulti ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarori ijrosi to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Qonun bilan belgilangan talablarni joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlar va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-sonli qarori qabul qilindi.
Manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat ekanligi xususida yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuncha berdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.
.