Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Eng yaxshi biznes loyiha” mavzusidagi tanlov

4-oktabr 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari filialining YES dasturi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi tajriba-sinovi maktablarining “Yosh tadbirkorlar va ishbilarmonlar klubi” maktabdan tashqari to‘garak a’zolari ishtirokida “Eng yaxshi biznes loyiha” mavzusidagi tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar tadbirkorlik, muloqot, jamoada ishlash, rejalashtirish va muammolarni o‘zlari yechishga ijodiy yondoshish ko‘nikmalarini shakllantirish, biznes sohasida o‘z iqtidorlarini namoyon etish bo‘yicha biznes loyiha taqdimotlarini yoritib berishdi.

Farg‘ona viloyati miqyosida o‘tkazilgan ushbu “Eng yaxshi biznes loyiha” mavzusidagi tanlovda Oltiariq tumani 4-IDUM to‘garak a’zolari 1-o‘rin, Uchko‘prik tumani 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘garak a’zolari 2-o‘rin, Farg‘ona shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘garak a’zolari esa 3-o‘rinni egallashdi.

G‘oliblarga 1-o‘rin uchun 1000 AQSh dollari, 2-o‘rin uchun 700 AQSh dollari, 3-o‘rin uchun 500 AQSh dollari miqdordagi vaucherlar taqdim etilib, taqdirlandilar.

Ushbu vaucherlar o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan biznes g‘oyani amalga oshirish uchun boshlang‘ich mablag‘ sifatidan sarflanishi belgilangani ham ahamiyatlidir.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb