Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Oltiariq tumanida bo‘lib bir qator ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi

3-oktabr 2024-yil
image

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov tumandagi  4-, 6-, 14-, 15-, 31-, 46-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari  hamda tumandagi 3-Idum, 2-,14-, 16-, 19- umumiy o‘rta ta'lim maktablarida olib borayotgan obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va undan betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash, oshxona va omborxonalarning sanitariya va gigiyenaga rioya qilinishi, oziq-ovqat zaxiralarining holati hamda kuz-qish mavsumi uchun ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Rahbar shu kuni tumandagi tashrifi davomida umumiy ta’lim maktablardagi ko‘mir zaxirasi, isitish isitish tizimi, qozonxonalar avholi, hududlardagi tozalik, obodonchilik, mevali va manzarali daraxtlarni qish mavsumidan betalofat olib chiqish borasida ko‘rilgan chora tadbirlar bilan tanishdi. 

Boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Maktabdagi isitish tizimi, ichimlik suvi taʼminoti, yongʻinga qarshi qalqonlar holati, maktab kutubxonasi, faollar va sport zallari, boshqa maʼmuriy-metodik xonalarning o‘quv yiliga shayligi oʻrganildi hamda aniqlangan kamchiliklarni tez muddatlarda bartaraf etish yuzasidan maktab mutasaddilariga topshiriqlar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb