Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BOSHQARMA BOSHLIG‘I “KASBIY RIVOJLANTIRISH...” TADBIRIDA QATNASHDI

3-oktabr 2024-yil
image

Ayni paytda  viloyatimizning shahar va tumanlaridagi  tayanch maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

 Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun fanlar kesimida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish belgilangan. 

Ayni paytda  viloyatimizning shahar va tumanlaridagi  tayanch maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun Oltiariq tumanidagi 14-maktabda ham “Kasbiy rivojlanish kuni” tayanch maktabida belgilangan rejaga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi. 

Unda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablardan jami 46 nafar ilg‘or o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Dars mashg‘ulotlari fanning tajribali va mohir mentor o‘qituvchilar Gulbahor Abdurahmonova va Husnobod Rahmonova tomonidan noana’naviy metodlar asosida o‘tildi.

Mazkur maktabda tashkillangan amaliy o‘quv jarayonlarida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham qatnashdi. 

Rahbar tadbir ishtirokchilari bilan suhbatlashdi. Mavzular yuzasidan ustozlar bilan savol-javob qildi. Dars va mashg‘ulotlarni kuzatgan rahbar seminar ishi samarali va mazmunli bo‘lishi, eng zamonaviy va ilg‘or tajribalarni qo‘llab, tajribalar oshirishi muhimligi yuzasidan tegishli tavsiyalarini berdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb