Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TAYINLOV

4-oktabr 2024-yil
image

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Mahkamov Ixtiyor Numonovich Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Mahkamov Ixtiyor Numonovich 1988-yilda Furqat tumanida tug‘ilgan.

Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, ta’lim sohasida bir qancha rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 

U mazkur tayinlovga qadar Furqat tumanidagi 37-umumiy ta’lim maktabida direktor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Ixtiyor Numonovichga yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qoladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb