Yangiliklar
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "Vatan tayanchi" ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi
7-oktabr 2024-yil
Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2022-yil 31-maydagi Qaroriga binoan ta'sis etilgan "Vatan tayanchi oʻsmirlar va yoshlar harbiy Vatanparvarlik harakatiʼʼ aʼzolik koʻkrak nishoni hamda guvohnomalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi E'zozxon Karimova viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Faxriy mehmonlar oʻquvchi-yoshlarga koʻkrak nishoni va guvohnomalarni tantanali ravishda topshirdilar.
Sharqiy harbiy okrugining bayroqdor guruhi va harbiy orkestr guruhi kuy-navolari bilan tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.