Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

#TARG‘IBOT

9-oktabr 2024-yil
image

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA

#TARG‘IBOT

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda ma’qullangan

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi

Ushbu Qonunning maqsadi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga (bundan buyon matnda davlat organlari yoki boshqa tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonunning amal qilishi:
o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) davlat organlarining yoki boshqa tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan;
o‘z ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan faqat ularning davlat xaridlari sohasidagi munosabatlariga tatbiq etiladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb