Yangiliklar
BOSHQARMA BOSHLIG‘I VILOYATDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISHLARNI DAVOM ETTIRMOQDA
8-oktabr 2024-yil
Sherzod Dolimov Toshloq tumanidagi bir qator maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablar va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
BOSHQARMA BOSHLIG‘I VILOYATDAGI TA’LIM MUASSASALARIDA O‘RGANISHLARNI DAVOM ETTIRMOQDA
Bugun Sherzod Dolimov Toshloq tumanidagi bir qator maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablar va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tumandagi 13-, 14-, 27-, 42-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari, ta’lim sifati, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, to‘garaklar faoliyati hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan qiziqdi.
Rahbar tashrif doirasida tumandagi 13-, 22-, 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘ldi. Mazkur ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharotilar, sog‘lom ovqatlanish, oshxona va omborxonalarning sanitariya va gigiena holati hamda tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari o‘rgandi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarnip bartaraf etish yuzasidan muassasa rahbarlari va soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
https://t.me/FarVMMTB/17742