Yangiliklar
Beshariq tumanidagi 35-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi davlatimizning salkam 7,5 milliard so‘m mablag‘i evaziga ta’mirlanib, zamonaviy tus oldi.
11-oktabr 2024-yil
Tumanning “Yuqori Zarqaynar” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan ushbu muassasa 1980-yilda 140-o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. 2014-yilda yengil pardozlash ta’miridan chiqarilgan, bugun esa ushbu maskanda qo‘shimcha binolar, sport va musiqa zallari qurlib, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish kabi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Endilikda mazkur ta’lim tashkilotining imkoniyati 360 o‘ringa yetkazildi.
Beshariq tumanidagi 35-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi davlatimizning salkam 7,5 milliard so‘m mablag‘i evaziga ta’mirlanib, zamonaviy tus oldi.
Bugun ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, tarbiyalanuchilarning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tumanning “Yuqori Zarqaynar” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan ushbu muassasa 1980-yilda 140-o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. 2014-yilda yengil pardozlash ta’miridan chiqarilgan, bugun esa ushbu maskanda qo‘shimcha binolar, sport va musiqa zallari qurlib, mavjud binolarni rekonstruksiya qilish kabi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Endilikda mazkur ta’lim tashkilotining imkoniyati 360 o‘ringa yetkazildi.
Mazkur muassasa ingliz va rus tillariga mo‘ljallangan bo‘lib, musiqa darslaridan ham ta’lim berib boriladi.
Qisqa qilib aytganda, bolajonlar uchun barcha sharoitlar muhayyo.
Ha, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining soni va mimkoniyatlari yildan-yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.