Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Sherzod Dolimov Marg‘ilon shahridagi bir qator ta'lim muassasalarida bo‘ldi

14-oktabr 2024-yil
image

Boshqarma boshlig‘i shahardagi 2-, 21-, 30-, 26- va 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabidagi o‘quv jarayonlari, ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, to‘garaklar faoliyati hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari bilan qiziqdi.

Sherzod Dolimov tashrif doirasida ushbu shahardagi 8-, 12- va 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, sog‘lom ovqatlanish, oshxona va omborxonalarning sanitariya va gigiyena holati hamda tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarining holatini o‘rgandi. 

Bugun Sherzod Dolimov Marg‘ilon shahridagi bir qator ta'lim muassasalarida bo‘ldi

Jumladan, shahardagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Mazkur ta’lim muassasasi 1978-yilda 420 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Bugungi kunda maktabda 1100 nafar o‘quvchi 2,1 koefisentda ta’lim va tarbiya olimoqda. Joriy yilda davlatimiz tomonidan ajratilgan 5,5 milliard mablag‘ evaziga ta’lim maskaniga qo‘shimcha 510 o‘rinli o‘quv binosi qurilmoqda. Hozirda bunyodkorlik ishlari 80 foizdan oshdi. Rahbar soha mas’ullari bilan muloqotda bo‘lib, suhbat davomida ob-havoning qulay va g‘animat kunlaridan unumli foydalanib, qurilish ishlarini yanada tezlashtirish va sifatini yaxshilashga kelishib olindi. 

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i shahardagi 2-, 21-, 30-, 26- va 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabidagi o‘quv jarayonlari, ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, to‘garaklar faoliyati hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari bilan qiziqdi.

Sherzod Dolimov tashrif doirasida ushbu shahardagi 8-, 12- va 15-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, sog‘lom ovqatlanish, oshxona va omborxonalarning sanitariya va gigiyena holati hamda tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlarining holatini o‘rgandi. 

O‘rganishlar olib borilgan ta'lim muassasalarida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb