Yangiliklar
FARG‘ONALIK O‘QUVCHI QIZ JAHON CHEMPIONI BO‘LDI
14-oktabr 2024-yil
Joriy yilning 10-14-oktyabr kunlari Buxoro shahrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Quvasoy shahridagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ashuraliyeva Farzonaxon Abdusaid qizi ham muvaffaqiyatli qatnashib, o‘z vaznida faxrli 1-o‘rinni egalladi va Jahon chempioni bo‘ldi.

Mazkur chempionatda 34 ta davlatdan 400 ga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi. 14-15, 16-17, 18-23 yosh toifasida bo‘lib o‘tgan mazkur dunyo birinchiligi uchun bellashuvda 37 ta vazn (o‘g‘il bolalar 25 ta va qiz bolalar 12 ta vazn) toifasida o‘zaro kuch sinashdilar.
Milliy terma jamoamizning 74 nafar sportchilari yurtimiz sha’nini himoya qilishdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Quvasoy shahridagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ashuraliyeva Farzonaxon Abdusaid qizi ham muvaffaqiyatli qatnashib, o‘z vaznida faxrli 1-o‘rinni egalladi va Jahon chempioni bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.