Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
15-oktabr 2024-yil
Kuni kecha “Zamon” axborot dasturi Rishton tumanidagi 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mir ta’lab ekanligi bois tanqid ostiga olingandi.
Holat tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi.
RASMIY MUNOSABAT
Kuni kecha “Zamon” axborot dasturi Rishton tumanidagi 28-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’mir ta’lab ekanligi bois tanqid ostiga olingandi.
Holat tegishli tartibda atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida mazkur ta’lim tashkiloti 1992-yilda 280 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Hozirgi kunda ushbu muassasada 6 ta guruhda 113 nafar bolalar tarbiyalanayotgani aniqlandi.
Bugungi kunda tumandagi Qoshqayron MFY hududida jami 163 nafar 3-7 yoshli bolalar mavjud bo‘lib, ulardan 113 nafari ushbu 28-DMTTga, 26 nafari 30-DMTTga va 24 nafari 75-ONMTTga(100 foiz) jalb qilingan.
Haqiqatan ham tumandagi 28-DMTT binolari ta’mirga muhtoj. Mavjud binolarning eshik va romlari yog‘och materialdan bo‘lganligi sababli uzoq yillar tashqi muhit ta’sirida eskirib ketgan, guruh xonalaridagi tabiiy issiqlikni saqlashda muammolar borligi hamda binodagi xonalar pollari holati talabga javob bermasligi bois, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Tuman hokimligi yuqori tashkilot hamkorligida xulosalar inobatga olinib, 2025-yil Investitsiya dasturiga taklifi kiritilgan.
28-DMTTning foydalanmay turgan 140 o‘rinli binosida tadbirkor tomonidan DXSh asosida yangi bog‘cha tashkil etish ham rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.