Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TABRIK

21-oktabr 2024-yil
image

21-oktyabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan

 

Qadrli ustozlar, hurmatli muallimlar, aziz Vatandoshlar! 
Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir. 

21-oktyabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi Sizlarni samimiy muborakbod etadi!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Sherzod Dolimov Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb