Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Farg‘onada "O‘zbek tili bayrami" keng nishonlandi

21-oktabr 2024-yil
image

Bugun o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali yonida sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Farg‘onada "O‘zbek tili bayrami" keng nishonlandi

Yurtimizning barcha hududlarida 21-oktyabr – "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali yonida sana munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va mudofaa tizimlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Anjumanda bugun jamiyat oldida o‘zbek tilini asrab-avaylash va rivojlantirish borasida muhim vazifalar turganligini, ta’limda tilning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, o‘zbek tilini raqamli makonda faol targ‘ib qilish va ommalashtirish zarurligi, tilni o‘rganish va ommalashtirishga qaratilgan madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish muhim vazifa ekanligi bo‘yicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida o‘zbek tilini ulug‘lovchi she’rlar yangradi, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Tadbirda qatnashgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi ham bobomiz haykali poyiga gulchambar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb