Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“TA’LIMDAGI KORRUPSIYA – KELAJAKKA XIYONAT"

15-mart 2024-yil
image

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida “Ta’limdagi korrupsiya – kelajakka xiyonat” mavzusida tadbir tashkillandi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat bo‘limi mutaxassisi E.Xudaybergenov, boshqarma apparat xodimlari, shuningdek, ZOOM dasturi orqali joylardagi studiyalarda shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarning rahbar hamda xodimlari qatnashdilar.

Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov olib bordi.

Majlisda E.Xudaybergenov Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi qonunbuzarlik holatlarining kelib chiqish omillari, uni bartaraf etish chora-tadbirlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Shuningdek, Davlat dasturi doirasida ta’limda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilayotganligi, unga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid 16 ta ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va undagi talablar bilan har bir soha xodimi tanishib chiqishi hamda rioya etishi muhimligi ta’kidlandi.  

E.Xudaybergenov tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarning odob-axloq qoidalariga, Pedagoglar maqomi to‘g‘risidagi Qonunga ham alohida to‘xtadi. 

Tadbir doirasida byudjet hamda davlat xaridlari bilan bog‘liq mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanish shartlari borasida ham fikrlar aytildi.

Noan'anaviy tarzda o‘tgan yig‘ilish so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb