Yangiliklar
“Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va ma’daniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" mavzuida seminar.
5-noyabr 2024-yil
Farg‘ona shahridagi KIUF universiteti faollar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar soha mas’ullari ishtirokida “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va ma’daniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, keyingi yillarda yurtimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Bugun Farg‘ona shahridagi KIUF universiteti faollar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar soha mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va ma’daniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish" maqsadida tashkil etilgan seminarda ham ushbu mavzuga doir muhim fikrlar bildirib o‘tildi.
Boshqarma apparati, shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va tizim tashkilotlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari, shahar va tuman studiyalarida bo‘lim xodimlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari onlayn ishtirok etgan tadbir avvalida vazirlik mas’ullari tomonidan sohada korrupsiyaga oid qonun buzilishi holatlarining barvaqt oldini olish va bartaraf etish borasida vazirlik tomonidan olib borilgan keng qamrovli ishlar haqida gapirildi.
Viloyat prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi mas’ullari xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda ular tomonidan korrupsiya va ta'magirlik holatlarining sodir etilishini oldini olish, xizmat intizomiga qat’iy amal qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiya va ta'magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan o‘z fikrlarini bugungi kunda yomon illat domiga kirib, xizmat lavozimlari va vakollatlaridan foydalanib, g‘araz ishlarga qo‘l urib, nafs qurboni bo‘lgan ta’magirlar, poraxo‘r qonunbuzarlarning bir nechtasi daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingani, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgani bo‘yicha misollar keltirib, barchani korrupsiyaga qarishi birgalikda kurashishga da’vat etishdi.
Tadirda so‘z olgan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" e’lon qilinganligi munosabati bilan ushbu tadbirning maqsad va vazifalari haqida qisqacha so‘z yuritdi va ta’lim tizimi korrupsiyadan xoli bo‘lishida bugungi ta’dbir qatnashchilarining o‘rni katta ekanligiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga korupsiyaning achinarli oqibati xususida videoroliklar namoyish etildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.