Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vohidjon Mamajonov ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzuidagi brifing.
11-noyabr 2024-yil
Barchamiz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishni avval o‘zimizdan boshlashimiz, bunga qarshi ma’nan va huquqiy tayyorlanishimiz, ushbu illatning jamiyatimiz kelajagi uchun xavflilik darajasini tushunib yetishimiz zarur.
Qadrli ustozlar, aziz muallimlar hamda tarbiyachilar! Sohamizda bu salbiy illatning ildizini quritishda hamjihat va faol bo‘lishga barchangizni da'vat qilaman.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vohidjon Mamajonov ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzuidagi brifing.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, taraqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda butunjahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan xushyorlik va mas’uliyatlilik talab etiladi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning,«Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz», degan gaplarida ulkan ma’no mujassam.
Darhaqiqat, korrupsiya bor joyda haqiqat va adolat, hech qaysi bir sohaning rivojlanishiga, oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erisha olmaymiz. Korrupsiya qonunning qo‘pol ravishda buzilishidir.
Korrupsiya — bu, shaxsning o‘z mansab va xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Korrupsiya darajasining yuqoriligi mamlakatning xalqaro miqyosda obro‘sini tushiradigan, investitsiyaviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omildir. Shu bois, korrupsiya bilan murosa qilib bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda bu illatga qarshi kurashish, uning kelib chiqishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni bartaraf etish, oldini olish, uni tag-tomiri bilan yo‘q qilish uchun davlatimizda har tomonlama kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun va uning asosida bir qator qonunosti hujjatlari qabul qilinib, ijroga qaratilgan. Shu o‘rinda, har bir davlat organi tomonidan bu illatga qarshi kurashish maqsadida dasturlar va chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabrigacha «Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi», deb e’lon qilingan. Tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilib, samarali natijalarga erishilmoqda.
Har qanday ko‘rinishdagi korrupsiyaning sodir etilishida, ularning ko‘payishida va o‘z vaqtida barham berilmasligiga o‘zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo‘lib kelmoqda. Davlatimizning farovonligi, xalqimizning ertangi kuni, kelajagimiz yo‘lida bir maqsad sari birlashsakkina, bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz.
Barchamiz korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashishni avval o‘zimizdan boshlashimiz, bunga qarshi ma’nan va huquqiy tayyorlanishimiz, ushbu illatning jamiyatimiz kelajagi uchun xavflilik darajasini tushunib yetishimiz zarur.
Qadrli ustozlar, aziz muallimlar hamda tarbiyachilar! Sohamizda bu salbiy illatning ildizini quritishda hamjihat va faol bo‘lishga barchangizni da'vat qilaman.
https://t.me/FarVMMTB/18427