Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Quvasoyda "Sifatli ta'lim – kelajak poydevori" mavzuida amaliy seminar

7-noyabr 2024-yil
image

Bugun Quvasoy shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Farg'ona ta'lim tajribasini ommalashtirishga bag'ishlangan "Sifatli ta'lim – kelajak poydevori" deb nomlangan shahar o'quv amaliy seminari bo'lib o'tdi. 

Seminarga Yaponiyadan kelgan trener o‘qituvchi Goto Mikako, shahardagi barcha maktablarning direktorlari, O‘IBDO‘ va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari taklif qilindi. Seminar yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
  
Tadbir davomida boshlang‘ich sinflarda matematika, o‘qish savodxonligi, ona tili fanlarida zamonaviy metodlar va tajribalardan unumli foydalanishga ham urg‘u berildi. 
    
Mezbon maktabda sinf xonalarining jihozlanishi seminar ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati..

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb