Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Yashil makon”

12-noyabr 2024-yil
image

Bugun mazkur aksiya doirasida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi apparat xodimlari boshqarma binosi hududidagi daraxtlarga kuzgi ishlov berishib, mevali va manzarali hamda turli avlon gullarni ekishib, “Yashil makon” marafonida faol ishtirok etishmoqda.

Xabaringiz bor, kuni kecha “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berilgandi 

 Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.

Bugun mazkur aksiya doirasida Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi apparat xodimlari boshqarma binosi hududidagi daraxtlarga kuzgi ishlov berishib, mevali va manzarali hamda turli avlon gullarni ekishib, “Yashil makon” marafonida faol ishtirok etishmoqda.

Yashil makon, avvalo, musaffo havo, tabiatimiz go‘zalligini va bardavomligini ta’minlash, bizning kelajagimizni yashartirish, tabiiy resurslarimizni asrash hamda atrof-muhitni himoya qilishda muhim qadam!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida uyushtirilgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish yumushlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning ishchi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb