Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshimiz. Munosabat
13-noyabr 2024-yil
Kuni kecha viloyat “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqot yuzasidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Azizbek Ergashevning bildirgan fikrlari.
MUNOSABAT

– Joriy yilning 5-noyabr kunida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi” xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda tuman(shahar)lar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, shuningdek ta’lim muassasalarining rahbar-xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” dasturi asosida profilaktik-targ‘ibot tadbirini o‘tkazildi.
Bunday targ‘ibotni o‘tkazishdan maqsad korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlar ekanligini aholi e’tiboriga yetkazish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikni muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iborat.
https://t.me/FarVMMTB/18477