Yangiliklar
OLTIARIQDA PROKUROR TASHABBUSI BILAN BOG‘CHA ZAMONAVIY TUS OLDI VA IMKONIYATLARI KENGAYDI
20-noyabr 2024-yil
Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Rustamjon Tillayevning e’tibori va tashabbusi bilan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida hashar yo‘li bilan qo‘shimcha 240 o‘rinli bino barpo etildi. Unga 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ jalb qilindi.
OLTIARIQDA PROKUROR TASHABBUSI BILAN BOG‘CHA ZAMONAVIY TUS OLDI VA IMKONIYATLARI KENGAYDI
Oltiariq tumanining Azimobod qishlog‘ida joylashga 22-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bundan salkam 50 yil avval 200 nafar bolalarga moslab qurilgandi. Bugungi kunga kelib binolari ma’nan eskirib qolgandi. Hududda aholi soni ortgani bois, bog‘chaga talab ham oshgandi. Qolaversa, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun shart-sharoitlarda ham ko‘ngildagiday emas va bir qator muammolar o‘z yechimini kutayotgandi. Bu o‘z navbatida qishloqdagilar e'tiroziga sabab bo‘layotgandi...
Tuman prokurori, 2-sektor rahbari Rustamjon Tillayevning e’tibori va tashabbusi bilan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida hashar yo‘li bilan qo‘shimcha 240 o‘rinli bino barpo etildi. Unga 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ jalb qilindi.
Endilikda ushbu zamonaviy qiyofa aks etgan va imkoniyatlari kengaygan muassasada qamrov yanada oshdi. Qo‘shimcha 30 ga yaqin yangi ish o‘rinlari ham tashkil etildi.
Yangi binoning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ezgu ishga hissa qo‘shgan insonlarga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiy maqsad aholini hayotdan rozi qilish ekanligi, mahalladagi hamjihatlik, birdamlik muhimligini ta’kidlab, Azimoboddagi ezgu ishlarni e’tirof etdi.
Tadbirda yangi bino qurilishiga hissa qo‘shgan tadbirkorlar, mahalla faollari sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.