Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

YOZYOVON TUMANIDAGI 40-MAKTAB JAMOASI XALQARO TANLOVNING "ENG YAXSHI PEDAGOGIK JAMOA" NOMINATSIYASI G‘OLIB BO‘LDI

20-noyabr 2024-yil
image

Yozyovon tumanidagi 40-maktabning direktori Foziljon Yo‘ldashev ham "Eng yaxshi pedagogik jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning finalchisi sifatida yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun taklif etildi. 

XUSH XABAR

YOZYOVON TUMANIDAGI 40-MAKTAB JAMOASI XALQARO TANLOVNING "ENG YAXSHI PEDAGOGIK JAMOA" NOMINATSIYASI G‘OLIB BO‘LDI

Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligining Xalqaro hamkorlik markazi (keyingi o‘rinlarda – SMS Minprosveщeniya Rossii) xorijdagi ta’lim muassasalari va o‘qituvchilari uchun "Xorijdagi eng yaxshi rus maktabi" xalqaro tanlovini (keyingi o‘rinlarda – Tanlov) o‘tkazadi. Bu tanlov rus tilini o‘qitish yoki rus tilida ta’lim olib boruvchi tashkilotlarga qaratilgan.

Tanlov maktab jamoalari va o‘qituvchilarning kasbiy va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, rus tilidagi eng yaxshi pedagogik tajribalarni targ‘ib qilish hamda dunyo bo‘ylab xalqaro o‘qituvchilar jamoalarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Bu yil tanlovda 50 ta mamlakatdan 1500 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ulardan 16 nafar o‘qituvchi va 15 ta pedagogik jamoa "Xalqaro o‘qituvchi" va "Eng yaxshi pedagogik jamoa" nominatsiyalari bo‘yicha finalga yo‘l oldilar.

Joriy yilning 13-16-dekabr kunlari Moskva shahrida barcha yarim finalchilar uchun ta’lim dasturi o‘tkaziladi. 2024-yil 15-dekabr kuni tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar aniqlanadi. Tanlov g‘oliblari va finalchilarini taqdirlash marosimi shu kuni tantanali tarzda Federal davlat avtonom ta’lim muassasasi "Milliy tadqiqot universiteti – Oliy iqtisodiyot maktabi"da o‘tkaziladi.

"Xorijdagi eng yaxshi rus maktabi" tanlovining Nizomiga muvofiq, final bosqichida finalga chiqqan maktab rahbari ham ishtirok etadi.

Yozyovon tumanidagi 40-maktabning direktori Foziljon Yo‘ldashev ham "Eng yaxshi pedagogik jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha tanlovning finalchisi sifatida yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlarda ishtirok etish uchun taklif etildi. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb