Yangiliklar
Bugun Bag'dod tumanidagi 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida seminar tashkillandi
20-noyabr 2024-yil
“Intellektual-ma’naviy resurslarning maktabda ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni" mavzusida o‘tkazilgan viloyat seminarida viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham ishtirok etdi.

Noan'anaviy metoda o‘tkazilgan seminarda mazkur maktabning direktori Ilhomjon Usmonov ta’lim muasasasida "O'qish shart bo'lgan yuz kitob", "HUMO yorlig'i" singari qisqa muddatda amalga oshirgan loyihalari va 2-4-sinf o'quvchilari o'rtasida tashkil etilgan "Direktor olimpiadasi" taqdimotini o'tkazib berdi.
Tadbirda soha mas'ullari hamda hududdagi shahar va tumanlardan umumiy o'rta ta'lim maktablarning direktorlari ishtirok etdilar.
Seminar yakunida Sherzod Dolimov loyihalarda g'olib bo'lgan o'quvchilarga sovg'alarni tantanali tartibda topshirdi va ularning kelgusidagi ishlari va o‘qishkariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.