Yangiliklar
FARG‘ONADA YANA BIR “USTOZLAR BOG‘I” BUNYOD ETILDI
16-noyabr 2024-yil
Bag‘dod tumanidagi 61-maktabda “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini tashkil qilish, maktablarda yashil hududlarni, manzarali va mevali bog‘larni bunyod qilish bo‘yicha amaliy seminar tashkil qilindi.
FARG‘ONADA YANA BIR “USTOZLAR BOG‘I” BUNYOD ETILDI
Bugun ham Bag‘dod tumanidagi ta’lim muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli daraxt ekish ishlari davom ettirildi.
Ta’lim maskanlaridagi bo‘sh yer maydonlarida turli daraxt ko‘chatlari va hududlarga gul ko‘chatlari o‘tkazildi.
Tumandagi 61-maktabda “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumini tashkil qilish, maktablarda yashil hududlarni, manzarali va mevali bog‘larni bunyod qilish bo‘yicha amaliy seminar tashkil qilindi.
Tumandagi ta’lim muassasalarnig rahbarlari va soha mas’ullari ishtirok etgan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham qatnashdilar.
Amaliy seminar avvalida rahbarlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va kuzgi daraxt ekish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shundan keyin barcha seminar ishtirokchilari maktab hududida shudgordan chiqarib qo‘yilgan 65 sotih maydonga ko‘chat ekish hasharida qatnashdilar.
Bugun maktabning ushbu yeriga hasharchilar tomonidan 220 donadan ortiq sara bodom ko‘chatlari ekilib yangi “Ustozlar bog‘i” bunyod etildi.
Mazkur ishlar viloyatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, ta'lim maskanlari har tomonlama obod, yashil hududlarga aylantirilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.