Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Bag‘dod tumanidagi 61-maktabda maktabda bo‘lishdi

16-noyabr 2024-yil
image

Viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Bag‘dod tumanidagi 61-maktabda maktabda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Maktab o‘qituvchilari bilan muassasada ta’lim va tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish omillari xususida suhbatlashildi. Boshlang‘ich sinfida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish faoliyati bilan qiziqishdi va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi.

Bugun Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Bag‘dod tumanidagi 61-maktabda maktabda bo‘lishdi

Mazkur maktabda ayni damda 389 nafar o‘quvchilar ta’lim va tarbiya olishmoqda.
Tashrif doirasida maktabda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Maktab o‘qituvchilari bilan muassasada ta’lim va tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish omillari xususida suhbatlashildi.

 Sherzod Polvonov va Sherzod Dolimov maktabning boshlang‘ich sinfida o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganish faoliyati bilan qiziqishdi. 

O‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishdi.

Muassasaning yuqori sinif o‘quvchilarining davomoti kuzatildi. 

Ular bilan kasb-hunar o‘rganishlari va kelajakdagi orzulari yuzasidan gaplashildi.

Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb