Yangiliklar
Yashil-makon – 2024
15-noyabr 2024-yil
Yozyovon tumanidagi Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 28-DMTTda "Yashil makon" doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi va hududga ko‘plab manzarali va gul ko‘chatlari ekildi.
Yashil-makon – 2024
Xabaringiz bor, kuni kecha “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berilgandi
Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.
Bugun Yozyovon tumanidagi Yangi O‘zbekiston massivida joylashgan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 28-DMTTda "Yashil makon" doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi va hududga ko‘plab manzarali va gul ko‘chatlari ekildi.
Ha, yashil makon, avvalo, musaffo havo, tabiatimiz go‘zalligini va bardavomligini ta’minlash, kelajagimizni yashartirish, tabiiy resurslarimizni asrash hamda atrof-muhitni himoya qilishda muhim qadam!
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida uyushtirilgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish yumushlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning ishchi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.