Yangiliklar
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘quv-seminar o‘tkazildi
22-noyabr 2024-yil
“Ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish hamda ularning malakasini oshirish ishlarini yanada yaxshilash” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida “Ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish hamda ularning malakasini oshirish ishlarini yanada yaxshilash” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv-seminarda viloyatdagi tuman(shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktabgacha hamda maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi metodistlari, hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistlari qatnashdilar.
Amaliy tadbirda mentor-o'qituvchilar tomonidan o'tkazilgan mashg'ulotlar va soha mas’ullari tomonidan berilgan tavsiyalar barcha ishtirokchilar uchun birdek foydali bo‘ldi.
Mashg‘ulotlar yakunida qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan bir qator savollarga batafsil javob oldilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.