Yangiliklar
Obidxon Mo‘minov ishtirokida BREFING
21-noyabr 2024-yil
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish va nazorat qilish boʻyicha Farg'ona viloyatidagi asosiy masʼul xodimi Obidxon Mo‘minov ishtirokida
BREFING
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlar attestatsiyasini oʻtkazish va nazorat qilish boʻyicha Farg'ona viloyatidagi asosiy masʼul xodimi Obidxon Mo‘minov ishtirokida
BREFING
Hurmatli pedagoglar, hamkasblar va ishtirokchilar!
Butun respublikamizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham joriy yilning 29-oktyabrdan 19-noyabrgacha pedagoglar malaka toifasi attestatsiyasi o‘tkazildi.
Bu attestatsiyaning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy faoliyatidagi yutuqlarini tan olish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mukammallashtirish, shuningdek, ta’lim jarayonini yanada sifatli va samarali tashkil qilishga qaratilgan.
Attestatsiya jarayonlarini talab darajasida o‘tkazish maqsadida Farg‘ona shahridagi 28-maktabning bo‘sh turgan binosi to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy kompyuterlar hamda yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlandi.
Malaka sinovlari shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatildi. Sinov jarayonlarini ijtimoiy tarmodqa kuzatish tizimi ham yo‘lga qo‘yildi.
Attestatsiya jarayonlarida sababli qatnasholmagan ustozlar uchun joriy ilning 19-noyabr kuni imkoniyat ham yaratib berildi. Shu kuni mingdan ortiq ustozlar malaka sinovida qatnashdilar.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.