Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O‘zbekiston tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi natijasida bolalar bog‘chasi yangitdan bunyod etildi

22-noyabr 2024-yil
image

O‘zbekiston tumanidagi 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bino-inshoatlari 1979-yilda qurilgan va o‘tgan davr mobaynida ko‘zga ko‘rinarli ta’mirlash ishlari olib borilmagan bog‘cha infratuzilmasini yaxshilashga oid ilgari surilgan taklif eng ko‘p ovozlardan to‘plab, loyiha g‘olibligiga erishdi. 

Byudjetdan ajratilgan 1 milliard 200 million so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga maskanda ta’mirlash-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Natijada ta’lim dargohi butkul yangicha va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, unda ta’lim-tarbiya oluvchi 230 nafar bolalar va ustoz-murabbiylar uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning tumandagi bo‘limi mutasaddilari, muassasa jamoasi, mahalla ahli va ota-onalar vakillari ishtirok etdi.

Shu kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida muassasa hovlisiga ezgu niyatlar bilan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, mavsumiy gullar ham ekildi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb