Yangiliklar
Dang‘ara tumanidagi ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib borildi
21-noyabr 2024-yil
Bugun viloyat Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov va viloyat prokurori katta yordamchisi Sirojiddin G‘oziyev boshchiligida ishchi guruh Dang‘ara tumanidagi 6-, 8-, 9-, 10-maktablarida va 37-, 38-DMTTlarida kuz-qish mavsumiga hozirlik holatlari, obodonchilik va tozalik yumushlari, kuzgi mavsumiy daraxt ekish ishlari, dars va mashg‘ulotlar hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarini o‘rganishdi.

Sherzod Dolimov tashrifi davomida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.
O‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi ishlar, xonalarning harorati hamda yuqori sinif o‘quvchilarining davomati bilan qiziqdi.
Мaktab bitiruvchilari bilan kelajakdagi orzulari, kasb-hunar o‘rganishlari hamda qaysi OTMlarda o‘qishga istaklari borligi yuzasidan muloqotda bo‘ldi.
Suhbat chog‘ida o‘quvchilarga o‘z tavsiya va maslahatlarini berdi.
Ishchi gruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.