Yangiliklar
Ta’lim_sayohati
21-noyabr 2024-yil
Marg'ilon shahar 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili fanining tajribali o'qituvchisi Hilolaxon Nuriddinova hamda tanlovda g'olib bo'lgan 5 nafar ushbu maktabning o'quvchilari ham sayohatda qatnashib, o'z bilim-ko'nikmalarini boyitishmoqda.
#Ta’lim_sayohati
Xabaringiz bor, “Xorijiy tillarni o’qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchilari Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohati taqdim etilgandi. Ayni vaqtda tadbir g‘oliblari manzilga yetib borib, ta'lim sayohatini boshlashdi.
O'quvchilar mazkur sayohat davomida til ko'nikmalarini rivojlantirish ustida ishlashlari va mamlakatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishlari ko'zda tutilgan.
Ushbu o'quvchilar safida Marg'ilon shahar 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili fanining tajribali o'qituvchisi Hilolaxon Nuriddinova hamda tanlovda g'olib bo'lgan 5 nafar ushbu maktabning o'quvchilari ham sayohatda qatnashib, o'z bilim-ko'nikmalarini boyitishmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.