Yangiliklar
MAKTABNING IMKONIYATLARI YANADA KENGAYDI
25-noyabr 2024-yil
Davlat dasturi asosida salkam uch milliard so‘m evaziga qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurib, keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.
MAKTABNING IMKONIYATLARI YANADA KENGAYDI
Yozyovon tumanidagi 12-maktab ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliy ta’lim o‘quv maskanlariga o‘qishga kirishi bo‘yicha respublika miqyosida old o‘rinlarda turishini barcha biladi. Maktab binosi 1974-yilda 216 o‘rinli bo‘lib qurilgan. Hozirga kelib 454 nafar o‘quvchi 2 bosqichda ta’lim va tarbiya olmoqda.
Joriy yil qishloq ahli uchun quvonchli yil bo‘ldi. Yaqinda maktab uchun “Ochiq budjet”da faollar zali qurilgan edi. Mana bugun davlat dasturi asosida salkam uch milliard so‘m evaziga qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurib, keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.
Marosim ishtirokchilari maktab xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdilar. Shunday sharoitlar yaratilgani uchun Prezidentimizga rahmat aytishib, bu yerdan olimu fuzalolar, elga nafi tegadigan yigit-qizlar chiqishini tilab, duo qildilar.
Yangi bino hovlisiga yaxshi niyatlar bilan mevali, manzarali ko‘chatlar ekildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.