Yangiliklar
Farg‘onada "Ustozlar bog‘i" yana bittaga ko'paydi
26-noyabr 2024-yil
Quvasoy shahridagi 16-maktabda "Yashil makon" doirasida ko‘rgazmali mavsumiy ko‘chat ekish bo‘yicha tashkillangan seminar tashkillandi.
Farg‘onada "Ustozlar bog‘i" yana bittaga ko'paydi
Bugun Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Quvasoy shahridagi 16-maktabda "Yashil makon" doirasida ko‘rgazmali mavsumiy ko‘chat ekish bo‘yicha tashkillangan seminarda ishtirok etishmoqda.
Tadbir avvalida mavsumiy daraxt va gul ko‘chatlari ekish ahamiyati hamda texnologiyasi yuzasidan tavsiyalar berishdi.
Ayni damda ishtirokchilar maktabda “Ustozlar bog‘i”ga
olma va shaftoli ko‘chatlari ekishmoqda.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.