Yangiliklar
"Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasiga start berildi
26-noyabr 2024-yil
Joriy yilning 19-dekabr kunigacha vimloyatimizdagi shahar va tumanlarida davom etadigan mazkur tadbirda viloyatimizdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari ko'rgazmalari bilan ishtirok etishib, o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta'lim dargohlari haqida batafsil ma'lumotlar berishmoqda.
Farg‘ona viloyat hokimining shu yil 18-noyabr kungi xatiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining viloyatdagi maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb qilish yuzasidan otkaziladigan uchrashuvlar reja jadvaliga asosan Farg‘ona shahrida jolashgan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasiga start berildi.
Joriy yilning 19-dekabr kunigacha vimloyatimizdagi shahar va tumanlarida davom etadigan mazkur tadbirda viloyatimizdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari ko'rgazmalari bilan ishtirok etishib, o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta'lim dargohlari haqida batafsil ma'lumotlar berishmoqda.
Bugun mazkur ko‘rgazmada Farg‘ona shahrida joylashgan maktablarning jami 4 mingdan ziyod bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Bu kabi o‘tkazilayotgan tabirlar bitiruvchi yoshlarning, o‘zi o‘qimoqchi bo‘layotgan bilim dargohi to‘g‘risida bir joydan turib barcha oliy ta’lim muassasalari haqida to‘liq axborot olishlariga imkoniyat yaratishi bilan ahamiyatli.
Farg‘ona shahrida o‘z faoliyatini boshlagan "Ta’lim va kasb" ko‘rgazmasida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham ishtirok etib, tashkilotchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Ularning savollariga javoblar berdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.