Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Mahkamov ishtirokida BREFING
26-noyabr 2024-yil
Asosiy olimpiadaning viloyat, yani 3 bosqichi joriy yilning 25-noyabr kunidan 4-dekabr kunigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ixtiyor Mahkamov ishtirokida
BREFING
Assalomu alaykum hurmatli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari, aziz o‘quvchilar, qadrli ustozlar hamda ota-onalar.
Xabaringiz bor, Farg‘ona tumanidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida asosiy olimpiadaning viloyat bosqichiga start berildi.
Asosiy olimpiadaning viloyat, yani 3 bosqichi joriy yilning 25-noyabr kunidan 4-dekabr kunigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Viloyat bosqichida umumta’lim maktablari, Prezident maktabi, akademik litsey, kasb-hunar maktablari hamda olimpiadaning 2-bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 2562 nafar o‘quvchilar ishtirok etadi.
25-noyabr kunidan 1-dekabr kuniga qadar 1-guruh (matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya) fanlaridan, 2-4-dekabr kunlari 2-guruh (ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili, tojik tili, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili, tarix, davlat va huquq asoslari, geografiya) fanlaridan o‘tkazilishi belgilangan.
Olimpiadani ochiq, shaffof o‘tkazish maqsadida olimpiada o‘tkaziladigan auditoriyalarda, sinf xonalarida va hakamlar uchun ajratilgan xonalar videokuzatuv moslamalari bilan ta’minlandi.
Olimpiada jarayonini ota-onalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Shuningdek, olimpiada jarayonini ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli tarzda yoritib borilishi ta’minlanmoqda.
Kuzatuvchilar uchun har bir sinflar bo‘yicha telegram kanallari tashkil etildi hamda bu kanallar havolasi barcha ishtirokchilar ko‘radigan joylarga va tegishli ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga joylashtirildi. Olimpiadada ishtirok etadigan o‘quvchilar topshiriqlarni yakunlagandan so‘ng savollar kitobchasi test javoblar varoqlari rasmga olinib ijtimoiy tarmoqlardagi tegishli kanallarga joylab borilmoqda.
Olis hududlardan keladigan olimpiada ishtirokchilari va ularning o‘qituvchilari uchun Farg‘ona shahridagi 1-ixtisoslashgan maktab yotoqxonasida joylar tashkil etildi.
Jarayonlarni xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar, milliy gvardiya va sog‘liqni saqlash xodimlari jalb etildi.
Fursatdan foydalanib, barcha o‘quvchilarga omad tilab qolamiz.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.