Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Beshariq tumanida bolalar bog‘chasi zamonaviy tus oldi

26-noyabr 2024-yil
image

Bugun Beshariq tumani “Vatan” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 52-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq qayta ta’mirlanib, zamonaviy muassasa sifatida foydalanishga topshirildi.

Ushbu loyiha doirasida  50 o‘rinli yangi oshxona, musiqa xonasi, sport maydonchasi hamda yozgi  o‘yingoh binosi barcha talab va standartlarga mos tarzda yangilandi. 

Ochilish marosimida tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, mahalla ahli, ota-onalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida tuman hokimi yangi bino haqida so‘z yuritib, bu yutuq mahallaning barcha ahli uchun quvonchli voqea bo‘lib, kelajakdagi muvaffaqiyatli loyihalar uchun yorqin namuna bo‘la olishini ta’kidladi.

Endilikda yangi zamonaviy bog‘cha barcha zarur sharoitlarga ega. Issiqlik tizimidan tortib, bolalar uchun qulay o‘quv xonalari, xavfsiz o‘yin maydonchalari ham mujassam. 

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb