Yangiliklar
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovichning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha M U R O J A A T I
27-noyabr 2024-yil
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovichning
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha M U R O J A A T I
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dolimov Sherzod Abdumutalovichning korrupsiyaga
qarshi kurashish bo‘yicha MUROJAATI
Taraqqiyotning yangi bosqichida O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini va samarasini susaytirishi mumkin bo‘lgan illat hisoblanadi.
Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga ta’kidlanmagan.
Shu sababli, Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Boshqarma va bo‘limlarda alohi yil xaritalari tuzilganligi va ijroga qaratilganligi, hodimlarni ish qabul qilish va mehnat shartnomalar tuzilayotganda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligini alohida shart sifatida belgilangan. Juda ko‘p korrupsiyaga qarshi video-roliklar ta’lim tizimi rahbarlariga namoyishi amalga oshirilishi kabi qator amaliy ishlarni keltirib o‘tish mumkin.
Shuningdek, Maktabgacha yoshdagi va o‘quvchilarni maktabga qabul jarayonlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishda fuqarolarimizning faolligini va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Boshqarmaning apparati, uning tuman (shahar) bo‘limlari hamda tasarrufidagi tashkilot va muassasalar xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi bo‘lsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining (73) 244-31-18 raqamli Ishonch telefoni yoki ushbu aloqa kanallari: telegram bot va rasmiy veb-sayt orqali o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.
O‘z navbatida, tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.