Yangiliklar
Farg‘onada "Bolalar harakati" viloyat sardorlari saylovi oʻtkazildi
29-noyabr 2024-yil
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan Bolalar harakati sardorlar saylovining viloyat bosqichi Farg‘ona shahrida joylashgan Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxonasi faollar zalida tashkil etildi.

Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, soha mas'ullari, o'quvchilar va boshqalar ishtirok etishdi.
Saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar o'z yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, loyiha taqdimotini himoya qilishdi.
Tadbir so‘ngida saylangan sardorlarga O‘zbekiston bolalar tashkilotining ishonch yorliqlari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.