Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Maktablarda “Ota-onalar kuni” 

30-noyabr 2024-yil
image

Farg‘ona viloyati hokimligining  va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyatimizda har oyning oxirgi shanba kuni maktablarda “Ota-onalar kuni” deb e’lon qilindi.

Maktablarda “Ota-onalar kuni” 

Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati hokimligining  va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan viloyatimizda har oyning oxirgi shanba kuni maktablarda “Ota-onalar kuni” deb e’lon qilindi.

Bugun viloyatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida ta’lim sifati ko‘tarish, maktab va oila hamkorligini yanada mustahkamlash, ota-onalarning farzand tarbiyashidagi o‘rni, ma’suliyatini oshirish, o‘quvchilarning kiyinish madaniyati yuzasidan tadbilar tashkillandi.

Ana shunday tadbir Farg‘ona shahridagi 26-umumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ham qatnashdilar.

Uchrashuvda so‘z olgan Sherzodjon Polvonov va Sherzod Dolimov kelajak avlod tarbiyasida ota-onalar va ustozlar hamkorligi, ta’lim sifatini oshirish omillari, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazi, kasb-hunar o‘rganishi,  o‘quvchilarning odobi va izzati, ustozlar hurmati va qadri, xususida gapirdilar.

Tadbir siniflar kesimida davom etdi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

fargonammtb@gmail.com
@FVMMTB
@FarVMMTB
/fmmtb