Yangiliklar
Farg‘onada "Barkamol avlod bolalari" festivalining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash jarayonlari bo‘lib o‘tdi
30-noyabr 2024-yil
Barkamol avlod bolalari" maktablar faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Fargʻona viloyatida "Barkamol avlod bolalari" festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Bugun Farg‘onada "Barkamol avlod bolalari" festivalining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash jarayonlari bo‘lib o‘tdi
Xabaringiz bor, “Barkamol avlod bolalari" maktablar faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Fargʻona viloyatida "Barkamol avlod bolalari" festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur bellashuvda “Madaniyat va san’at” (Tasviriy san’at) yo‘nalishida Qo'qon shahri to‘garak a’zosi Muslimaxon Abdurahmonova, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” ("Robototexnika" “Robosumo”) yo‘nalishida Toshloq tumani to‘garak a’zosi Omadillo G'ayratjon o'g'li, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” ("Robototexnika" “Robosumo”) yo‘nalishida Beshariq tumani to‘garak a’zosi Saidkamol In`omov, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” ("Yumshoq o‘yinchoqlar", "To‘qish") yo‘nalishida Marg'ilon shahar to‘garak a’zosi Oyazimxon Adhamova, “Turizm va ekologiya” ("Floristika va fauna") yo‘nalishida So'x tumani to‘garak a’zosi Dilnura Janobiddinova, “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” ("Mental arifmetika 8-9 yoshlar toifasida") yo‘nalishida Marg'ilon shahar to‘garak a’zosi Muhammadqodirjon Qosimov, “Xorijiy tillar” ("Ingliz tili 15-16 yosh toifasi") yo‘nalishida Rishton tumani to‘garak a’zosi Chamangul Zokirjonova faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
G‘oliblarni viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov taqdirladilar va barcha ishtirokchilarga omadlar tilashdi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.